13:48 / 08.08.2021
2 282

Samarqandda uyida 2160 tup kannabis o‘stirayotgan fuqaro aniqlandi


Foto: Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi
Samarqand viloyati Jomboy tumanida yashovchi fuqaro yashash uyida kannabis yetishtirayotgani aniqlandi, deya xabar bermoqda viloyat IIB matbuot xizmati.

Ma’lum qilinishicha, 7 avgust kuni Jomboy tumani «Olmazor» mahallasida yashovchi 26 yoshli B.E.ning yashash uyida tintuv tergov harakati o‘tkazildi.

Tintuvda ushbu shaxsning tomorqasidan 2160 tup kannabis o‘simligi ekilganligi aniqlanib, hujjatlashtirib olindi.

Bundan tashqari, ushbu hovlidan 512 tup quruq holdagi kannabis giyohvandlik vositalari, uyidagi ovqat pishirish pechi ichidan 100 gramm kannabis urug‘i saqlanayotgani aniqlanib, daliliy ashyo sifatida hujjatlashtirib olindi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Samarqandda uyida 2160 tup kannabis o‘stirayotgan fuqaro aniqlandi