22:00 / 08.08.2021
3 141

Qashqadaryodagi imtihonlarda birovning o‘rniga kirgan 14 nafar soxta abituriyent ushlandi


Foto: Qashqadaryo viloyati IIB matbuot xizmati
O‘zbekistonning barcha hududlarida 5 avgustdan 2021/2022-o‘quv yili uchun test imtihonlari boshlandi. Imtihon vaqtida telefondan foydalangani aniqlangan abituriyentlar dalolatnoma asosida test sinovlaridan chetlashtirmoqda.

Xususan, Qashqadaryo viloyati IIB matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, Qarshi shahridagi «Nasaf» o‘yingohida o‘tkazilgan test sinovlarida imtihonlar boshlanganidan to shu kungacha o‘zganing o‘rniga kirgan 14 ta, uyali telefondan foydalangan 17 ta, yashirincha ovoz eshitish moslamasidan foydalangan 4 ta holat aniqlangan.

Hozirda aniqlangan holatlar yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari stadion va xiyobonlarda o‘tkazilmoqda. Davlat test markazi bergan ma’lumotga ko‘ra, joriy o‘quv yili uchun 948 ming 211 nafar abituriyent ro‘yxatdan o‘tgan.

DTM direktori o‘rinbosari Sardor Rajabov barcha abituriyentlarga birinchi navbatda o‘z bilimiga ishonishga chaqirib, qoidani buzayotganlar haqida ma’lumot berishni so‘radi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qashqadaryodagi imtihonlarda birovning o‘rniga kirgan 14 nafar soxta abituriyent ushlandi