14:20 / 10.08.2021
1 888

O‘zbekistonda saratonni erta aniqlash amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi


Innovatsion rivojlanish vazirligi Texnologiyalar transferi boshqarma boshlig‘i Jamoliddin Boboxonovga ko‘ra, natijada o‘zbekistonliklar saratonni erta aniqlash uchun avvalgidan 4 barobar kamroq mablag‘ sarflaydi.

"Kanada-Slovakiya kompaniyasi bilan hamkorlikda O‘zbekistonda saraton kasalligini erta bosqichda antitanachalar orqali aniqlash amaliyotini yo‘lga qo‘yish kutilmoqda. O‘zbekistonda kimdir saratonni erta aniqlamoqchi bo‘lsa, qon topshiradi, qon maxsus laboratoriyaga jo‘natiladi va qo‘shni mamlakatlarga jo‘natiladi. Uni aniqlash uchun taxminan 2 oy vaqt ketadi", dedi u.

Saratonni erta aniqlash uchun nafaqat vaqt, balki mablag‘ ham sarflanishi tabiiy. Boboxonovning qayd etishicha, ushbu texnologiya transferi o‘zbekistonliklar uchun 4 barobar arzonga tushadi va javobni 2 haftada olish imkonini beradi.

"Bu kabi amaliyot O‘zbekistonda bo‘lmagani uchun aholi 2 million so‘m atrofida xarajat qilishiga to‘g‘ri keladi. Agar amaliyot O‘zbekistonda yo‘lga qo‘yilsa, 500 ming so‘m, ya’ni 4 barobar arzonga tushadi", dedi Jamoliddin Boboxonov.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda saratonni erta aniqlash amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi