21:11 / 11.08.2021
3 840

O‘zbekistonda kam ta’minlangan oilalarga bolalar nafaqasi va moddiy yordam tayinlanadi


O‘zbekiston prezidentining «Kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam ko‘rsatish hamda kambag‘allik bilan kurashish ko‘lamini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoni qabul qilindi.

Farmonga ko‘ra, 2021 yil 1 sentabrdan boshlab:
a) 14 yoshgacha bolalari bo‘lgan oilalarga nafaqa hamda bola 2 yoshga to‘lguniga qadar uni parvarish qilish nafaqasi o‘rniga kam ta’minlangan oilalarga bolalar nafaqasi joriy etiladi. Bunda, bolalar nafaqasini tayinlashda:
  • inobatga olinadigan bolalar yoshi 14 yoshdan 18 yoshgacha oshiriladi;
  • to‘lov muddati 6 oydan 12 oygacha oshiriladi;
  • uning miqdorini oiladagi bolalar sonidan kelib chiqib belgilash tartibi qo‘llanadi;
b) yakka-yolg‘iz bo‘lgan fuqarolarga, farzandi bo‘lmagan yoki barcha farzandlari 18 yoshdan katta bo‘lgan kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam tayinlanadi.

2021 yil 1 sentabrdan boshlab bolalar nafaqasi va kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam to‘lovlarining quyidagi miqdorlari belgilanadi:
a) bolalar nafaqasining har oylik miqdori:
  • 250 000 so‘m – 3 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bitta farzandi uchun,
  • 325 000 so‘m – yoshi 3 yoshgacha bo‘lgan bitta kichik farzandi uchun;
  • 150 000 so‘m – oilaning ikkinchi farzandi uchun qo‘shimcha;
  • 100 000 so‘mdan – oilaning uchinchi va undan keyingi har bir farzandi uchun;
b) kam ta’minlangan oilalar uchun moddiy yordamning oylik miqdori – 380 000 so‘m.
Bunda, 2021 yil 1 sentabrga qadar tayinlangan 14 yoshgacha bolalari bo‘lgan oilalarga nafaqa, bola 2 yoshga to‘lguniga qadar uni parvarish qilish nafaqasi hamda kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordamni to‘lash muddatlari tugaguniga qadar, mazkur turdagi nafaqalar va moddiy yordamning amaldagi miqdorlari hamda ularni to‘lash muddatlari saqlab qolinadi.

2021 yil 1 oktabrdan boshlab, “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali kam ta’minlangan deb e’tirof etilgan oilalar va shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlar manfaatdor vazirlik va idoralarga “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali taqdim etiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda kam ta’minlangan oilalarga bolalar nafaqasi va moddiy yordam tayinlanadi