10:24 / 13.08.2021
2 793

Xalqaro matematika olimpiadasi g‘oliblariga tashakkurnoma va kompyuter berildi

Xalqaro matematika olimpiadasi g‘oliblariga tashakkurnoma va kompyuter berildi
Foto: Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi
O‘zbekistonlik talabalar 28-Xalqaro matematika olimpiadasida 15 ta medal sohibi bo‘lishdi. G‘olib talaba-yoshlar O‘zbekiston milliy universitetida taqdirlandi, deya xabar bermoqda Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi.

Ushbu taqdirlash marosimda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov, vazir o‘rinbosari Rasuljon Hakimov, O‘zbekiston milliy universiteti rektori Inom Majidov va boshqalar qatnashgan.

Matematik talabalar tashakkurnoma va qimmatbaho sovg‘alar (monoblok kompyuter, planshet va kitob jamlanmalari) bilan taqdirlandi.

Ma’lumot o‘rnida, ushbu olimpiadada 55 dan ortiq davlatdan 592 nafar talaba ishtirok yetgan. Jumladan, AQSH, Rossiya, Germaniya, Buyuk Britaniya, Xitoy, Polsha, Isroil, Gretsiya, Ispaniya, Avstraliya, Fransiya kabi davlatlarning nufuzli universitetlarida tahsil olayotgan talaba-yoshlar qatnashgan. Mazkur olimpiadada talabalarimiz yuqori natija ko‘rsatib, jami 15 ta – 5 ta oltin, 6 ta kumush, 4 ta bronza medal va 2 ta faxriy yorliqni qo‘lga kiritishdi.

Ushbu xalqaro olimpiadada Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti Matematika fakultetidan 13 nafar talaba qatnashib, ulardan 3 nafari oltin, 5 nafari kumush, 3 nafari bronza medali va 2 ta faxriy yorliq sohibi bo‘ldilar.

Eslatib o‘tamiz, Tokio olimpiadasida g‘olib bo‘lganlarga 200 ming dollar pul, qimmatbaho avtomashina va poytaxtda hovli sovg‘a qilingandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Xalqaro matematika olimpiadasi g‘oliblariga tashakkurnoma va kompyuter berildi