20:17 / 13.08.2021
2 797

Nurmat Otabekov: «O‘zbekistonda koronavirus bo‘yicha vaziyat yaxshilanmoqda»

Nurmat Otabekov: «O‘zbekistonda koronavirus bo‘yicha vaziyat yaxshilanmoqda»
O‘zbekistonda koronavirus bo‘yicha vaziyat ijobiy tomonga o‘zgaryapti. Bu haqda Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Nurmat Otabekov brifing davomida ma’lum qildi.

– Koronavirus bo‘yicha vaziyat barqarorlashdimi? Ayrim shifoxonalar o‘zining asl faoliyatiga qaytyapti. Balki, bu vaziyat ijobiy tarafga o‘zgarganidan darakdir?
- «Yuqumli kasalliklar avj olgan vaqtda ba’zi somatik shifoxonalarni profilini o‘zgartirish va boshqa bir kasallikni, aynan deylik, koronavirus kasalligini davolashga ixtisoslashtirish amaliyoti mavjud. Bu amaliyotni respublika sharoitida ko‘p qo‘llashimizga to‘g‘ri kelyapti.

Shu bilan birgalikda koronavirusga qarshi ixtisoslashgan shifoxonalarni mehnatlari samaradorligi barobarida vaziyat bir muncha ijobiy tomonga o‘zgarayotgani sezilyapti. Shu nuqtayi nazardan, ixtisosligini vaqtincha o‘zgartirgan ba’zi shifoxonalar asl faoliyat turiga qaytyapti», – deydi Nurmat Otabekov.

Ma’lumot uchun, 12 avgust holatiga ko‘ra, 948 kishida koronavirus, 521 kishida pnevmoniya qayd etildi hamda 12 bemor vafot etdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Nurmat Otabekov: «O‘zbekistonda koronavirus bo‘yicha vaziyat yaxshilanmoqda»