17:12 / 14.08.2021
4 938

AQSH qo‘shinini O‘zbekistonga joylashtirish bo‘yicha muzokara davom etyapti

AQSH qo‘shinini O‘zbekistonga joylashtirish bo‘yicha muzokara davom etyapti
Amerika hukumati 31 avgustgacha Afg‘onistondan barcha harbiylarni olib chiqib ketishga va’da bergandan beri AQSH harbiy havo kuchlari «Tolibon»ga qarshi o‘t ochishga botina olmayapti.

Chunki ayni paytda Kobulda ularning askarlari bor bo‘lib, mamlakatni tark etishga tayyorlanishmoqda. Shuning uchun AQSHga hozir qo‘shimcha yordam kuchi yuborish uchun harbiy baza kerak bo‘lyapti.

O‘zbek hukumatining Air Force Magazine jurnaliga ma’lum qilishicha, hozirgi kunda AQSH qo‘shinini O‘zbekistonga joylashtirish masalasi bo‘yicha muzokaralar hamon davom etyapti. Buning uchun Qarshi-Xonobod harbiy bazasi tanlanishi mumkin.

2021 yil 1 iyul kuni aynan shu masalani muhokama qilish uchun O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov AQSHga safar qilib, Pentagon ma’muriyati bilan shu va boshqa masalalarda muzokaralar o‘tkazgan edi.

Qarshi-Xonobod harbiy bazasida 2005 yilgacha AQSH qo‘shinlari bor edi. 2005 yildagi Andijon voqealaridan keyin Amerikaning barcha askarlari mamlakatni tark etgan. Shundan beri u yerda O‘zbekistonning harbiy havo kuchlari mashg‘ulot o‘tab keladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » AQSH qo‘shinini O‘zbekistonga joylashtirish bo‘yicha muzokara davom etyapti