11:36 / 15.08.2021
2 584

O‘zbekiston TIV Termiz-Hayraton ko‘prigidagi vaziyat bo‘yicha bayonot berdi

O‘zbekiston TIV Termiz-Hayraton ko‘prigidagi vaziyat bo‘yicha bayonot berdi
O‘zbekiston TIV rasmiy vakili bayonotiga ko‘ra, 15 avgust soat 10.00 holatida Termiz-Hayraton ko‘prigi hududida vaziyat yumshagan.
Xususan, ko‘prikning Afg‘oniston qismida to‘plangan Afg‘oniston fuqarolarining asosiy qismi ko‘prikni va unga tutash hududni mustaqil ravishda tark etgan.

Bunga faol siyosiy va diplomatik sa’y-harakatlar, shuningdek, olib borilgan tushuntirish ishlari natijasida erishildi, deyiladi TIV rasmiy vakili bayonotida.

Eslatib o‘tamiz, 14 avgust kuni Afg‘oniston Qurolli Kuchlarining harbiy xizmatchilaridan iborat 84 kishilik guruh davlat chegarasini kesib o‘tgani xabar qilingandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekiston TIV Termiz-Hayraton ko‘prigidagi vaziyat bo‘yicha bayonot berdi