13:23 / 15.08.2021
2 957

O‘zbekiston qochqinlar masalasida Afg‘oniston hukumati va «Tolibon» bilan muzokaralar o‘tkazmoqda

O‘zbekiston qochqinlar masalasida Afg‘oniston hukumati va «Tolibon» bilan muzokaralar o‘tkazmoqda
O‘zbekiston bilan chegara ochilishini kutayotgan afg‘onistonliklar, 2021 yil 15 avgustga o‘tar oqshomidagi vaziyat.
Foto: Telegram / @tashkent_land

O‘zbekiston hukumati Afg‘onistondan O‘zbekistonga o‘tgan qochqinlar masalasida amaldagi hukumat va «Tolibon» harakati bilan muzokaralar o‘tkazmoqda. Bu haqda Tashqi ishlar vaziri rasmiy vakili Yusup Kabuljonov «Davletovuz»ga ma’lum qilgan.

14 avgust kuni Afg‘oniston shimolidagi Mozori-Sharif shahri (Termizdan 58 kilometr janubda joylashgan) «Tolibon» qo‘liga o‘tgani ma’lum bo‘lgandi. Shahar topshirilgach, Afg‘oniston mudofaa va xavfsizlik kuchlari O‘zbekiston bilan chegara tomon chekingan, 15 avgustga o‘tar kechasi Hayraton va Termiz oralig‘idagi ko‘prikda yuzlab afg‘onistonliklar to‘plangan.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, 15 avgust tongida O‘zbekiston tomoni Afg‘oniston Qurolli Kuchlarining harbiy xizmatchilaridan iborat 84 kishilik guruhni qabul qilgani (ular orasida uch nafar yarador ham bo‘lgan), ular DXX Chegara qo‘shinlari tomonidan qo‘lga olinib, O‘zbekiston hududida vaqtincha bo‘lib turishi tashkil etilgani ma’lum bo‘ldi. O‘zbekiston rasmiylarining ma’lum qilishicha, Afg‘oniston bilan chegarada barcha xavfsizlik choralari ko‘rilgan.

Ma’lumot uchun, 14 avgustda kun davomida Termiz—Mozori-Sharif temir yo‘l uchastkasida xizmat ko‘rsatuvchi O‘zbekiston fuqarolarini vatanga qaytarish tashkil etilgan. TIV rasmiysining bayonotida Afg‘onistonda qolayotgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan boshqa o‘zbekistonliklar haqida ma’lumot berilmagan. Qayd etish joiz, 14 avgust kuni Kobuldan Toshkentga Afg‘onistondagi beqarorlik boshlanganidan beri eng katta aviareys kelgan edi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekiston qochqinlar masalasida Afg‘oniston hukumati va «Tolibon» bilan muzokaralar o‘tkazmoqda
[/banner_pushhouse