13:23 / 16.08.2021
2 813

MIB Toshkent shahar boshqarmasining sud qarori ijrosi yuzasidan rasmiy munosabati

MIB Toshkent shahar boshqarmasining sud qarori ijrosi yuzasidan rasmiy munosabati
Ijtimoiy tarmoqlarda Majburiy ijro byurosining Mirobod tuman bo‘lumi ish yurituvida bo‘lgan majburiy tartibda chiqarish ijro hujjati yuzasidan sud qarori MIB Mirobod tuman bo‘limi tomonidan ijrosi bajarilmay kelinayotgani bildirilgan.
Byuroning Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan olib borilgan o‘rganishlarda quyidagilar aniqlandi.

Byuroning Mirobod tuman bo‘limi ish yurituvida Toshkent tumanlararo Iqtisodiy sudining 2021 yil 17 iyul kunidagi 4-1001-2119/10183-sonli ijro varaqasiga asosan undiruvchi "O‘zbekiston Kinomatagrafiya" agentligi foydasiga "Fashion Bar Brasseriye" MCHJni Mirobod tumani, Mirobod ko‘chasi, 25 uy manzilidagi binodan egallab turgan 230,17 kv.m maydonidan majburiy tartibda chiqarish va "Fashion Bar Brasseriye"MCHJ hisobidan "O‘zbekiston Kinomatagrafiya" agentligi foydasiga 2.450.000 so‘m davlat boji, 19.600 so‘m pochta xarajati undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati mavjud.

Mazkur ijro hujjati yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi "Sud hujjatlari va boshqa organ hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida"gi Qonunning 23-moddasiga asosan ijro ishi yurituvi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, qarzdorga 15 kunlik ixtiyoriy muddat berilgan.

Ijro harakatlari davomida qarzdorga berilgan ixtiyoriy muddat tugaganidan so‘ng ijro xarakatlarini majburiy tartibda amalga oshirilishi yuzasidan 2021 yil 13 avgust kuniga belgilanib, ijro hujjatida ko‘rsatilgan taraflarga va tegishli tashkilotlarga xabarnoma yuborilgan.

Ijro hujjatida ko‘rsatilgan manzil, ya’ni Mirobod tumani, Mirobod ko‘chasi 25-uyga chiqilganda qarzdor va tegishli tashkilotlar ogohlantirilishiga qaramay ijro harakatlarini amalga oshirish joyiga kelmadi. Qarzdor chiqarilishi lozim bo‘lgan ob’ektni kirish eshiklari yopiq bo‘lganligi sababli ijro harakatlari 2021 yil 18 avgust kuniga qoldirilgan. Bu haqida undiruvchining vakili hamda xolislar ishtirokida dalolatnoma rasmiylashtirilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » MIB Toshkent shahar boshqarmasining sud qarori ijrosi yuzasidan rasmiy munosabati