15:16 / 16.08.2021
4 834

Shavkat Mirziyoyev muftiy Usmonxon Alimovning oila a’zolariga hamdardlik bildirdi

Shavkat Mirziyoyev muftiy Usmonxon Alimovning oila a’zolariga hamdardlik bildirdi
Foto: Prezident matbuot xizmati
O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov 71 yoshida vafot etdi. Prezident Shavkat Mirziyoyev ta’ziyali xonadonga tashrif buyurib, marhumning farzandlari va yaqinlariga hamdardlik bildirdi.

Usmonxon Alimov 1950 yil 1 yanvarda Samarqand viloyati Ishtixon tumanida tug‘ilgan. Buxoro shahridagi Mir Arab madrasasida, Toshkent islom institutida, Marokash davlatining Qaraviyyin universitetida tahsil olib, islom dini asoslarini, arab va fors tillarini chuqur o‘rgangan.

U 1980—2006 yillarda Samarqand viloyati Payariq tumanidagi Imom Buxoriy masjidida imom noibi, imom-xatib vazifalarida ishlagan. 2000—2006 yillarda Samarqand viloyati bosh imom-xatibi bo‘lgan.

Usmonxon Alimov 2006 yildan buyon O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy sifatida faoliyat yuritib kelayotgan edi. «Davlat rahbarining tashrifi, hamdardlik so‘zlari og‘ir judolikka uchragan ko‘ngillarga taskin bo‘ldi. Marhumning haqiga duo qilindi», — deyiladi xabarda.

Foto: Prezident matbuot xizmati
O‘zbekiston Prezidenti muftiyning ezgu ishlarini yodga olgan. «Hammamiz uchun katta yo‘qotish bo‘ldi. Ulug‘ inson edilar. Bilimi, mehnatsevarligi, kamtarinligi bilan elimizda obro‘ topgan edilar. Bu balo butun dunyoga azob olib keldi, qancha yo‘qotishlar bo‘lyapti. Qo‘limizdan kelgan hamma harakatni qildik. Lekin Allohning irodasi ekan. Ilohim, joylari jannatda bo‘lsin. U kishini yaxshi nom bilan eslab, ishlarini davom ettirib, ruhlarini shod qilaylik», – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati
Eslatib o‘tamiz, Usmonxon Alimov so‘nggi vaqtlarda Moskvada davolanayotgan edi — u o‘pka va qon-tomir kasalliklari, xususan, o‘pka pnevmoniyasi bo‘yicha muolajalar olayotgan edi. Muftiyning janoza namozi va ta’ziya marosimlari 16 avgust kuni Samarqand viloyati Ishtixon tumani Orlot qishlog‘i «Eshoni Temirxon To‘ra» (avvalgi «Orlot» masjidi) jome masjidida bo‘lib o‘tadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shavkat Mirziyoyev muftiy Usmonxon Alimovning oila a’zolariga hamdardlik bildirdi