21:13 / 16.08.2021
3 416

Xitoy-o‘zbek vaksinasi bilan emlanganlar xorijga chiqolmaydimi?

Xitoy-o‘zbek vaksinasi bilan emlanganlar xorijga chiqolmaydimi?
Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi Sevara Ubaydullayeva ZF-UZ-VAC-2001 xitoy—o‘zbek vaksinasi bilan emlangan fuqarolar xorijga chiqa olish-olmasligi borasidagi savollarga javob berdi, deb yozadi «Xalq so‘zi online».

- "Boshqa davlat fuqarosi sifatida siz borayotgan davlat talablariga rioya qilishingiz kerak bo‘ladi va albatta, shu davlatlarda belgilangan vaksinalar ro‘yxati bo‘yicha emlanib borishingiz maqsadga muvofiq.

Bunday holatda chet el fuqarosi sifatida shu davlat aholisi orasida COVID-19 kasalligini tarqatuvchisi bo‘lmasligingiz juda muhim hisoblanadi.

Hozirda O‘zbekiston—Xitoy vaksinasini 1-bosqichi bilan emlangan bo‘lsangiz, shu vaksina bilan to‘liq emlanishingiz talab etiladi. Bu vaksina ro‘yxatiga kiritilgan davlatlar ham ko‘p, shu davlatlarga bemalol borishingiz mumkin.

Agar siz reja qilgan davlatning ro‘yxatida bu vaksina bo‘lmasa, to‘liq vaksinatsiyadan o‘tgandan so‘ng 3-6 oy o‘tib, oilaviy shifokorga uchrashishingiz, organizmdagi hosil bo‘lgan antitanalar va salomatligingiz holati baholangan holda mos keladigan turdagi vaksinani olishingiz mumkin
", - deydi Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi Sevara Ubaydullayeva.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Xitoy-o‘zbek vaksinasi bilan emlanganlar xorijga chiqolmaydimi?