00:01 / 17.08.2021
3 642

O‘zbekiston Bosh prokuraturasi o‘zi tarqatgan rasmiy axborotga raddiya berdi

O‘zbekiston Bosh prokuraturasi o‘zi tarqatgan rasmiy axborotga raddiya berdi
O‘zbekiston Bosh prokuraturasi Afg‘oniston bilan chegarada yuz bergan voqea bo‘yicha bergan rasmiy axborotiga raddiya berib chiqdi.
Qayd etilishicha, Bosh prokuraturaning Telegram kanalida 2021 yil 14—15 avgust kunlari O‘zbekiston havo hududi hamda qo‘shni Afg‘oniston bilan chegaradosh hududlarda ro‘y bergan voqealar haqida bayonot berilgan.

«Hozirda Afg‘onistonda ro‘y berayotgan o‘zgarishlar dunyo hamjamiyati diqqat markazida turibdi. To‘lqinli voqeliklar tufayli aksariyat odamlarda turli-tuman tushunchalar shakllanib kelmoqda.

Tan olish zarur, har doim ham bunday vaqtda rasmiy manbalar ham ayrim kamchiliklar, ya’ni axborot tarqatishdagi adashmovchiliklar, tekshirilmagan dalillar yuzasidan ma’lumot berib yuborish ehtimoldan xoli emas.

Shu tarzda, Bosh prokuraturaning Telegram kanalida chop etilgan bayonot ham oxirigacha aniqlashtirilmay, mutasaddi idoralarning rasmiy tekshirilgan ma’lumotlariga tayanmagan holda chiqarilgan.

Shu bois, Bosh prokuraturaning Telegram kanaliga ma’lumotlarni joylashtirish uchun mas’ul bo‘lgan tarmoq xodimlari shoshma-shosharlik bilan chiqarilgan mazkur bayonot uchun rasman uzr so‘rashmoqda.

Kelgusida bunday holatlarga yo‘l qo‘yilmaslik uchun tegishli choralar ko‘rildi», — deyiladi Bosh prokuratura xabarida.

Biroq xabarda aynan qaysi ma’lumotlar xato bo‘lganiga, aslida to‘g‘ri ma’lumot qaysi ekaniga aniqlik kiritilmagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekiston Bosh prokuraturasi o‘zi tarqatgan rasmiy axborotga raddiya berdi