10:03 / 17.08.2021
974

Jizzaxda ortiqcha yuk ortilgan «ZIL» beton to‘siqqa urilib, ag‘darilib ketdi

Jizzaxda ortiqcha yuk ortilgan «ZIL» beton to‘siqqa urilib, ag‘darilib ketdi
Kadr: Telegram
Jizzax viloyatida belgilangan me’yoridan ortiqcha yuk ortgan «ZIL» yuk mashinasi ag‘darilib ketdi, deb xabar beradi IIV YHXBB axborot xizmati.

Ma’lum qilinishicha, viloyatning Sharof Rashidov tumani hududidan o‘tgan M-39 avtomobil yo‘lida ortiqcha yuk ortilgan yuk mashinasi yo‘lni ikkiga ajratib turuvchi beton to‘siqqa urilib, ag‘darilib ketgan.

Sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida avtomobil yo‘lida tirbandlik yuzaga kelgan. Videodan ko‘rish mumkinki, ag‘anab yotgan yuk mashinasi ekskavator yordamida turg‘izilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Jamiyat » Jizzaxda ortiqcha yuk ortilgan «ZIL» beton to‘siqqa urilib, ag‘darilib ketdi
[/banner_pushhouse