23:30 / 17.08.2021
2 553

Ashraf G‘ani, Abdurashid Do‘stum va boshqa afg‘on yetakchilari O‘zbekistonda emasligi aytildi

Ashraf G‘ani, Abdurashid Do‘stum va boshqa afg‘on yetakchilari O‘zbekistonda emasligi aytildi
O‘zbekiston hududida Afg‘onistonning ayrim arboblari va etnik guruh rahbarlari bo‘lib turgani yo‘q. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi «Dunyo» axborot agentligi ma’lum qildi.

So‘nggi paytlarda ayrim xorijiy ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda Afg‘onistonning ayrim arboblari va etnik guruhlari rahbarlari O‘zbekiston hududida bo‘lib turgani to‘g‘risidagi xabarlar tarqatilmoqda. Xususan, ularda Ashraf G‘ani, Abdurashid Do‘stum, Ota Muhammad Nur va boshqalarning nomlari tilga olinmoqda.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, bunday xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi, deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, ayrim OAVlar marshal Abdurashid Do‘stum va Ashraf G‘ani O‘zbekistonda bo‘lib turgani haqida xabar bergandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Ashraf G‘ani, Abdurashid Do‘stum va boshqa afg‘on yetakchilari O‘zbekistonda emasligi aytildi