08:44 / 18.08.2021
12 862

Vaksina elektron sertifikatini qanday olish mumkin? (video)

Vaksina elektron sertifikatini qanday olish mumkin? (video)
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali «Koronavirusga qarshi emlash»ga elektron tarzda navbatga turish va emlash to‘liq yakunlangach tegishli sertifikatni yuklab olish imkoniyati yo‘lga qo‘yildi.

«Agar biz jamoat joylariga bexavotir borishni, sayohatlarga xotirjam chiqishni, avvalgi go‘zal turmush tarzimizga qaytishni istasak, avvalo, koronavirusga qarshi emlanishimiz zarur!

Axir, virusdan himoyalanish va uni yengishning eng ishonchli usuli vaksinatsiyadir!

COVID-19ga qarshi emlash bosqichlaridan to‘liq o‘tgan shaxslar maxsus sertifikat bilan davlat muassasalari, restoran va ommaviy tadbirlarga tashrif buyurishlari mumkin», deyiladi Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi xabarida.

Endilikda mazkur xizmatdan my.gov.uz mobil ilovasi orqali ham foydalanib, istalgan vaqtda navbatga yozilish va elektron sertifikatni yuklab olish imkoniyati mavjud.

Xizmatdan qanday foydalanish haqida videoqo‘llanma taqdim etilgan:

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Vaksina elektron sertifikatini qanday olish mumkin? (video)