17:00 / 18.08.2021
2 281

Sodiq Safoyev: «20 yil oldingidek Afg‘onistonni qandaydir ekstremistik kuchlarning qo‘liga bermaslik kerak»

Sodiq Safoyev: «20 yil oldingidek Afg‘onistonni qandaydir ekstremistik kuchlarning qo‘liga bermaslik kerak»
Foto: «UzReport TV»
Oliy Majlis Senati raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev «Markaziy va Janubiy Osiyoning o‘zaro bog‘liqligi: poydevori, istiqbollari, geostrategik ahamiyat» mavzusidagi konferensiyada Afg‘onistondagi vaziyat bo‘yicha fikr bildirdi.

Sodiq Safoyevning ta’kidlashicha, birinchi navbatda yirik mintaqaviy loyihalarni amalga oshirish, Afg‘onistonni mintaqaviy va jahon bozorlari bilan bog‘lash, Afg‘onistonning iqtisodiyoti ortishi va barcha xalqlarning farovonligini ortishi ushbu mamlakatdagi urush potensialini kamaytiradi.

«Afg‘onistondagi vaziyat bugun hammamizni bezovta qilmoqda. Bu borada O‘zbekiston rahbari tomonidan qayd etilgan pozitsiya shu bo‘ldiki, Afg‘onistondagi tinchlik bevosita O‘zbekistonning milliy manfaatlariga to‘g‘ri keladi va bundan manfaatdormiz», — deya uning so‘zlarini keltirgan «Gazeta.uz».

Uning ta’kidlashicha, shu sababli Afg‘oniston bilan bog‘liq bo‘lgan yirik iqtisodiy loyihalar noma’lum kelajakka kechiktirilishi kerak emas.

«Agar Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatish niyati bo‘lsa, xalqaro hamjamiyat, o‘ylaymanki, ilgari — 20 yil oldin bo‘lgan xatolarni qaytarmasdan, Afg‘onistonni e’tibordan chetda qoldirmay, bu mamlakatni qandaydir ekstremistik kuchlarning qo‘liga bermasdan, o‘z vaqtida shunday bo‘lgan, xalqaro hamjamiyat bo‘lishi kerak», — degan Sodiq Safoyev.

15 iyul kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Afg‘onistonning sobiq rahbari Ashraf G‘ani bilan uchrashuvda afg‘on mojarosini harbiy yo‘l bilan hal qilishning imkoni yo‘qligini ta’kidlagan edi. Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Afg‘onistonda barqaror tinchlikka erishilishiga faol ko‘maklashishga tayyorligini tasdiqlagandi.

«Bugun Afg‘oniston o‘zining yangi tarixida ‘tub burilish pallasi"ni o‘tkazyapti. Biz donishmand afg‘on xalqi umummilliy murosaga erishish yo‘lida o‘zaro kelishuvlarga tayyor ekanini namoyish etishiga aminmiz. Ishonchimiz komilki, bizning mintaqalararo hamkorligimiz, mamlakatda iqtisodiyotni tiklash, tinchlik va barqarorlikni o‘rnatish uchun muhim omil bo‘ladi», — degan edi u Toshkent shahridagi xalqaro konferensiyada.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov O‘zbekiston Afg‘onistonda 1990 yillardagi Afg‘oniston Islom Amirligi bo‘lishini qabul qila olmasligini, biroq, ayni vaqtda, ushbu muammo amaldagi hukumat va harbiy muxolifat — «Tolibon» va boshqalar o‘rtasida o‘zaro kompromis asosida hal qilinishi kerak, deb hisoblashini aytgandi.

«Bu, albatta, u yerda jiddiy islom qoidalari alomatlari bo‘lishi kerakligini anglatadi. Albatta, islom davlati bo‘ladi, chunki aksariyat aholi — musulmonlar. Biroq, ayni vaqtda, biz so‘nggi 9 yil davomida erishilgan demokratik yutuqlarni ham inkor qila olmaymiz», — degan edi vazir.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Sodiq Safoyev: «20 yil oldingidek Afg‘onistonni qandaydir ekstremistik kuchlarning qo‘liga bermaslik kerak»