15:06 / 19.08.2021
2 311

Bank xodimlari 32 500 AQSH dollarini o‘marishdi

Bank xodimlari 32 500 AQSH dollarini o‘marishdi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Sergeli tuman bo‘limi tomonidan «O‘zsanoatqurilishbank» ATBning murojaatiga asosan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazildi.

Qayd etilishicha, bankning Sergeli filiali qoshidagi «O‘zgarish bank xizmatlari markazi» nazoratchi-kassiri Yu.N. va bosh mutaxassisi M.Sh.lar joriy yilning 14-17 iyul kunlari markazning valyuta ayriboshlash shoxobchasidan o‘zlariga ishonib topshirilgan 32 500 AQSH dollarini olishga erishib, o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Shuningdek, Yu.N. o‘zlashtirgan mablag‘larining bir qismini «Lacetti» rusumli avtotransport vositasini sotib olish hamda yashash xonadonini ta’mirlash ishlariga sarflab, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarini legallashtirgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) va 243-moddasi (jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Bank xodimlari 32 500 AQSH dollarini o‘marishdi