21:08 / 19.08.2021
2 753

Fuqarodan fuqaroga 105,3 mln. so‘m miqdoridagi qarzdorlik to‘liq undirildi

Fuqarodan fuqaroga 105,3 mln. so‘m miqdoridagi qarzdorlik to‘liq undirildi
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Uchtepa tumanlararo sudining 15.03.2021 yildagi ijro varaqasiga asosan, qarzdor fuqaro L.Ch.dan undiruvchi fuqaro A.Ch. foydasiga 105.346,9 ming so‘m miqdorida qarz undirish bilan bog‘liq ijro hujjati Majburiy ijro byurosi Chilonzor tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan.

MIB Chilonzor tuman bo‘limi davlat ijrochisi Sh.Xujayorov tomonidan olib borilgan ijro harakatlari davomida qarzdor fuqarodan 105,3 mln. so‘m miqdoridagi qarzdorlik fuqaro foydasiga to‘liq undirilib, mazkur ijro hujjati ish yurituvi O‘zbekiston Respublikasining “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Konunning 41-moddasi, 1-bandiga asosan ta’minlangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Fuqarodan fuqaroga 105,3 mln. so‘m miqdoridagi qarzdorlik to‘liq undirildi