11:43 / 21.08.2021
2 003

Koronavirus: Nega ayollarga nisbatan erkaklar o‘rtasida o‘lim ko‘proq?

Koronavirus: Nega ayollarga nisbatan erkaklar o‘rtasida o‘lim ko‘proq?
Foto: «Pixabay»
Koronavirusga chalingan bemorlar o‘rtasida ayollarga nisbatan erkaklarda o‘lim holatlari ko‘proq uchrayapti. Ushbu holat sababini vrach allergolog-immunolog Vladimir Bolibok tushuntirib berdi.

«Bu gormonlarning (ayollarda estrogen, erkaklarda testosteron) ta’siriga bog‘liq. Erkaklarda antitanalar ishlab chiqarilish darajasi birmuncha past», — dedi Bolibok «Ura.ru» bilan suhbatda.

Ayollarning immun tizimi virusgacha yetib boradi.

Ayollar organizmida hosil bo‘luvchi antitanalar hujayralar ichiga oson kira oladi. Bu gormonal tafovutlar bilan ham bog‘liq. Katta miqdordagi antitanalar virus joylashgan hujayralar ichiga kiradi. Biroq ayollardagi ushbu afzallik bir paytning o‘zida «tanganing orqa tomoni» ham hisoblanadi — antitanalar o‘z organizmi hujayra ichki strukturalariga hujum qilgani bois ayollarda autoimmun kasalliklar ko‘proq uchraydi.

«Dinastiya» klinikalar tarmog‘i bosh shifokori, infeksionist Tatyana Chalenkoning ta’kidlashicha, testosteron darajasi pastligi ko‘pincha erkaklarda yurak-qon tomir kasalliklari rivojlanishiga olib keladi, COVID-19 og‘ir kechishi sabablaridan biri ham shu.

«Testosteron darajasi pastligi uchun erkaklarda koronavirus infeksiyasi og‘ir kechishiga oid juda ko‘p tadqiqotlar e’lon qilindi. Testosteron miqdori pastligi yurak-qon tomir xastaliklari rivojlanishi xavfini oshirishi nuqtai nazaridan yondashganda, buni tushunish oson. Ayrim tadqiqotlarga ko‘ra, koronavirusni tanuvchi oqsil X-xromosoma bilan bog‘liq, ular esa, erkaklardan farqli ravishda, ayollarda ikkita, immun javobi ham shunga yarasha kuchliroq», — tushuntirdi mutaxassis.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Koronavirus: Nega ayollarga nisbatan erkaklar o‘rtasida o‘lim ko‘proq?