13:08 / 21.08.2021
1 542

Ozodalik– xalqimizga xos qadriyat

Ozodalik– xalqimizga xos qadriyat
Tozalik va ozodalik azaldan xalqimizning milliy qadriyatlaridan biri sanaladi. Yosh avlodda ona tabiatga hurmat, uning bebaho ne’matlarini ardoqlash tuyg‘usini oshirish orqali tozalikka rioya qilish ko‘nikmalarini shakllantirish muhim ahamiyat kasb etadi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 12 avgust kunidagi 455-F-sonli Farmoyishiga asosan 2021 yilning avgust oyi “Mahallalarni obodonlashtirish” oyligi etib belgilandi.

Bugun yurtimizning barcha jabhalarida ishchi-xizmatchilar, yoshu-qarilar, uyushqoqlik va birdamlikda obodonlashtirish xayriya hasharida ishtirok etmoqda.

Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi markaziy apparati xodimlari xam hashar ishlarini tashabbuskorligi bilan ko‘tarinki ruhda amalga oshirishdi.

Bularning barchasi ko‘ngillar obodligiga, aholi salomatligiga, yurtimiz yanada chiroy ochishiga xizmat qiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Ozodalik– xalqimizga xos qadriyat