18:23 / 21.08.2021
4 528

Afg‘onlar O‘zbekiston chegarasini qonuniy ravishda kesib o‘tishning ayyorona yo‘lini topdi

Afg‘onlar O‘zbekiston chegarasini qonuniy ravishda kesib o‘tishning ayyorona yo‘lini topdi
Foto: Sputnik
Afg‘oniston fuqarolari O‘zbekiston hududidan uchinchi davlatga uchish uchun aviachipta sotib olib, undan chegarani kesib o‘tishda foydalanmoqda, deb xabar beradi Sputnik.

Ma’lum qilinishicha, ushbu chiptalardan afg‘onlarning barchasi ham foydalanmayapti. Nashr manbasining so‘zlariga ko‘ra, xarid qilingan chiptalarning aksariyati aviakassaga qaytarilmoqda va chegarani kesib o‘tgan afg‘onlar O‘zbekiston hududida — asosan, Termizda qolmoqda.

«Chegarani kesib o‘tishning bu kabi ayyorona mexanizmi ko‘paydi. Prognozlarga ko‘ra, yangi qochoqlar oqimi ortadi, chunki ‘Tolibon’ning va’dasiga qaramay, ularning siyosati va ideologiyasi barchaga ham ma’qul emas», — deyiladi xabarda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Afg‘onlar O‘zbekiston chegarasini qonuniy ravishda kesib o‘tishning ayyorona yo‘lini topdi