21:24 / 21.08.2021
2 785

O‘zbekiston Afg‘onistondan yana 400 nafarga yaqin qochqinni qabul qildi

O‘zbekiston Afg‘onistondan yana 400 nafarga yaqin qochqinni qabul qildi
Foto: Reuters
O‘zbekiston Afg‘onistondan yana 400 nafarga yaqin qochqinni qabul qildi, ular o‘zbek-afg‘on chegarasi yaqinidagi kovid-markaz hududiga joylashtirildi. Bu haqda TASS o‘z manbasiga tayanib xabar berdi.

Qochqinlarning yangi guruhi Termizga samolyotlarda olib kelindi, ularning PZR-testlari manfiy natija berdi. Ular nima uchun qo‘riqlanayotgan hududga joylashtirilgani noma’lum”, - degan manba.

Juma kuni O‘zbekiston TIV afg‘onistonlik 150 nafar qochqin xavfsizligi kafolatlanganidan so‘ng o‘z mamlakatiga qaytarilgani haqida xabar bergandi.

Hozirda G‘arb mamlakatlari Afg‘onistondan o‘z fuqarolari va diplomatik vakolatxonalari xodimlarini hamda ular bilan hamkorlik qilgan mahalliy aholini evakuatsiya qilishda davom etmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekiston Afg‘onistondan yana 400 nafarga yaqin qochqinni qabul qildi