10:05 / 22.08.2021
1 775

Toshkentda avtomobil shinalari va disklarini o‘g‘irlab, o‘rniga g‘isht qo‘yib ketayotgan shaxslar ushlandi

Toshkentda avtomobil shinalari va disklarini o‘g‘irlab, o‘rniga g‘isht qo‘yib ketayotgan shaxslar ushlandi
Foto: «Zamon»
Toshkent shahrida avtomobil shinalari va disklarini o‘g‘irlab, o‘rniga g‘isht qo‘yib ketayotgan erkaklar qo‘lga olindi. Bu haqda «Zamon» informatsion dasturida ma’lum qilindi.

Ma’lum qilinishicha, Toshkent shahar ichki ishlar organiga avtomobil shinalari o‘g‘irlab ketilayotgani haqida tez-tez shikoyatlar kelib tushgan, o‘g‘irliklar, asosan, tunda sodir bo‘lgani uchun o‘zidan hech qanday iz qoldirmagan va o‘g‘irlik joylari o‘zgarib turgan.

Bemor sifatida shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markaziga kelgan fuqaro o‘zining Lacetti avtomashinasini kasalxona avtoturargohida qoldirib, ichkariga kirgan. Ahvoli jiddiy bo‘lgani uchun kasalxonadan qaytib chiqish imkoniyati bo‘lmagan.

Tungi soat 01:20 da avtomashinasiga ulangan pult signalizatsiyasi ishlab ketgan. Bemorning holati og‘ir bo‘lgani uchun mashinasidan xabar olish imkoni bo‘lmagan va bundan foydalangan o‘g‘rilar avtomashinaning 4 ta g‘ildiragini yechib, o‘rniga g‘isht qo‘yib ketgan.

Foto: «Zamon»
Ta’kidlanishicha, jinoyat qidiruv xodimlari shifoxona kameralarini ko‘zdan kechirganda jinoyat sodir etishda gumonlanayotgan shaxslar voqea joyiga oq rangli Spark avtomashinasida kelgani ma’lum bo‘lgan. Gumondor I.A. va T.A. xonadonidan Gentra mashinasiga tegishli shina va disklar topilgan.

Ma’lum qilinishicha, erkaklar profilaktik suhbat paytida, asosan, Gentra avtomobillari shinasini o‘g‘irlashini, bu xildagi ballonlar xaridorgir ekanini va bu shinalarni tanishi Sh.ga pullashini aytgan. Ularga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda avtomobil shinalari va disklarini o‘g‘irlab, o‘rniga g‘isht qo‘yib ketayotgan shaxslar ushlandi