23:10 / 22.08.2021
2 806

Talabalarga ta’lim krediti ajratadigan tijorat banklari ro‘yxati e’lon qilindi

Talabalarga ta’lim krediti ajratadigan tijorat banklari ro‘yxati e’lon qilindi
O‘zbekiston OTMlarida to‘lov-kontrakt asosida tahsil olayotgan talabalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida ta’lim krediti olishning yangi yengillashtirilgan mezonlari ishlab chiqilgandi. Moliya vazirligi matbuot xizmati talabalar uchun ta’lim krediti ajratadigan tijorat banklari ro‘yxatini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, talabalar quyidagi 11 ta tijorat banklari va ularning filiallariga ariza orqali murojaat qilgan holda kreditga ega bo‘lishi mumkin:

«O‘zbekiston Milliy banki»;
«Sanoatqurilishbank»;
«Agrobank»;
«Mikrokreditbank»;
«Xalq banki»;
«Qishloqqurilishbank»;
«Turon bank»;
«Hamkorbank»;
«Asaka bank»;
«Ipoteka bank»;
Orient Finans Bank.

Eslatib o‘tamiz, 30 iyul kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev oliy ta’lim muassasalarida ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirishga oid qarorni imzoladi. Unga ko‘ra, tijorat banklari Markaziy bankning asosiy stavkasi (14 foiz)da ta’lim krediti ajratadi.

Kreditni rasmiylashtirishda talabaning doimiy daromad manbaiga ega oila a’zolari birgalikdagi qarz oluvchi sifatida qatnashishishga ruxsat beriladi. «Ijtimoiy himoya yagona reyestri»ga kirgan oilalar farzandlaridan kredit uchun garov va kafillik talab qilinmaydi.

Kredit oluvchining doimiy daromad manbayiga ega oila a’zolari (ota-onasi, aka-ukasi, opa-singlisi, eri yoki xotini) yoki vasiylari birgalikda kredit oluvchi sifatida qatnashishi mumkin.

Ta’lim kreditining asosiy qarzi talabaning rasmiy o‘qish muddati tugagandan so‘ng yettinchi oydan boshlab 7 yil davomida qaytariladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Talabalarga ta’lim krediti ajratadigan tijorat banklari ro‘yxati e’lon qilindi