14:45 / 23.08.2021
1 294

O‘qituvchi va targ‘ibotchilar prezidentlikka nomzod Alisher Qodirov uchun imzo to‘plashga majbur qilinayotgani aytildi

O‘qituvchi va targ‘ibotchilar prezidentlikka nomzod Alisher Qodirov uchun imzo to‘plashga majbur qilinayotgani aytildi
«Milliy tiklanish» demokratik partiyasidan Prezident saylovida ishtirok etish uchun nomzodi ko‘rsatilgan Alisher Qodirov o‘zining Telegram’dagi kanali orqali uni qo‘llab-quvvatlash uchun majburan imzo to‘planayotgani to‘g‘risidagi xabarlarga munosabat bildirdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda maktablardagi o‘qituvchi va targ‘ibotchilar «Milliy tiklanish» DP tomonidan prezidentlikka nomzod Alisher Qodirovni qo‘llab-quvvatlashga doir imzo varaqasini uyma-uy yurib, to‘ldirishlari talab qilingani aytilgan xabar tarqaldi.

Skrinshot: Telegram
Alisher Qodirovning ta’kidlashicha, ushbu imzo varaqalari umumiy ro‘yxatdan chiqarib tashlanadi.

«Prezidentlikka nomzodlarni qo‘llab-quvvatlash uchun imzo yig‘ishda majburlash bo‘lmasligi kerak. Sizning imzongiz — huquqingizdir. Sizni majburlashlariga yo‘l qo‘ymang. Yuqoridagi holat qaysi tumandagi qaysi maktabda sodir bo‘lgani aniqlanadi va tasdiqlansa, ushbu imzo varaqalari umumiy ro‘yxatdan chiqarib tashlanadi», — deb yozadi partiya raisi.

Alisher Qodirov imzo yig‘ish jarayonida partiya faollari tomonidan bosimga uchragan shaxslarni @alisherqodirov_bot manziliga ma’lum qilishlarini so‘ragan.

Eslatib o‘tamiz, amaldagi qonunchilikka ko‘ra, siyosiy partiya tomonidan taqdim etilgan imzo varaqalari O‘zbekiston jami saylovchilarining umumiy soni kamida bir foizining, kamida sakkizta ma’muriy-hududiy tuzilma namoyandasi bo‘lgan saylovchilarning imzosini qamrab olgan bo‘lishi kerak. Ma’muriy-hududiy tuzilmalardan birida (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri) siyosiy partiya imzolar umumiy miqdorining ko‘pi bilan sakkiz foizini to‘plashi mumkin.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Jamiyat » O‘qituvchi va targ‘ibotchilar prezidentlikka nomzod Alisher Qodirov uchun imzo to‘plashga majbur qilinayotgani aytildi
[/banner_pushhouse