08:00 / 24.08.2021
2 307

«Jarimalar miqdori oshirilishi nochor qatlamni ko‘paytirishi mumkin»

«Jarimalar miqdori oshirilishi nochor qatlamni ko‘paytirishi mumkin»
Xalq demokratik partiyasi (XDP) O‘zbekistonda 2021 yil 1 sentabrdan ish haqi, pensiya va nafaqalar miqdori oshishi bilan birga bazaviy hisoblash miqdori (BHM) ham o‘zgarishi tufayli yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalar miqdori ham ko‘tarilishiga munosabat bildirdi.

Partiya xabarida ta’kidlanishicha, oylik oshirilishi bilan bir vaqtda BHM va to‘lanadigan jarimalar hajmi oshishi jamoatchilikda «oyliklar bilan bir paytda jarimalar ham, narx-navo ham oshsa, bu tarzda o‘zgarishdan nima foyda?» degan mazmunda fikrlarga sabab bo‘lyapti.

«Zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa 440 ming so‘m. Mashinada svetoforning qizil chirog‘idan o‘tib ketilsa, 540 ming so‘m, mashinani belgilanmagan joyga qo‘yilsa ham 540 ming so‘m jarima to‘lanadi.

To‘g‘ri, bazaviy hisoblash miqdori davlat mukofotlari, unvonlar, esdalik nishonlar uchun nazarda tutilgan mukofot miqdorlarini, oziq-ovqat, yo‘lkira uchun xarajatlar qiymatini qoplash, obodonlashtirish xodimlarining oziq-ovqati BHMning bir baravari miqdorida kompensatsiyalar miqdorini belgilashda ham qo‘llaniladi. Lekin fuqarolarning qancha qismi yoki necha foizi bundan foydalanadi?

BHMning oshishi tor doiradagi qatlamga manfaatli bo‘lishi mumkin, ammo jarimalar va boshqa miqdorlarning oshishi barchaga birdek qiyinchilik tug‘dirishi mumkin. Ish haqi mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoridan, pensiya va nafaqalarning eng kam miqdori esa minimal iste’mol xarajatidan kelib chiqib belgilansa, unda BHMni oshirish zarurmikan?
», — deyiladi partiya xabarida.

XDPga ko‘ra, koronavirus pandemiyasi sharoitida aholining daromadlari kamayib ketgan, kundalik ehtiyojlarini qoplashga yetmay turgan bir paytda jarimalar miqdorining oshirilishi jamiyatda nochor qatlamning ko‘payishiga olib kelishi mumkin.

Partiya oylik, nafaqa va pensiyalar miqdorini oshirganda, tegishli mutaxassis va mutasaddilar BHMni ko‘tarish masalasini har tomonlama tahlil qilib ko‘rish zarurligini ilgari surgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «Jarimalar miqdori oshirilishi nochor qatlamni ko‘paytirishi mumkin»