09:14 / 25.08.2021
2 865

Oiladagi yolg‘iz o‘g‘il farzandlar ham harbiy xizmatga chaqirilishi mumkin

Oiladagi yolg‘iz o‘g‘il farzandlar ham harbiy xizmatga chaqirilishi mumkin
Oilada yolg‘iz o‘g‘il farzand bo‘lganlar ota-onasi rozi bo‘lgan taqdirda harbiy xizmatga jalb etilishi mumkin. Senator Qutbiddin Burhonovning aytishicha, bu yangilik “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi qonunga kiritilayotgan o‘zgartish va qo‘shimchalardan o‘rin olgan.

Senatorning ta’kidlashicha, “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi qonunning 18, 20, 21, 38 va 46-moddalariga o‘zgartirish kiritilishi kutilmoqda. Mazkur o‘zgartish va qo‘shimchalarni o‘z ichiga olgan qonun Oliy Majlis Senatining navbatdagi yalpi majlisida ko‘rib chiqilishi rejalashtirilgan.

Bugungi kunda fuqarolar o‘zlari mehnatga qobiliyatsiz bo‘lsa-da, oilaviy, moddiy sharoitlari yaxshi ekani, ularni boqish uchun hech qanday qiyinchiliklar yo‘qligi, yolg‘iz o‘g‘ilni muddatli harbiy xizmatga chaqirish va SCHR xizmatiga jalb etish istagini bildirayotgan holatlar ko‘plab uchramoqda. Senatga ham “Mening yakka-yu yolg‘iz o‘g‘lim bor. Yigitlik burchini bajarishi kerak. Lekin yolg‘iz o‘g‘il bo‘lgani uchun armiyaga olishmayapti. Uning harbiy xizmatga chaqirilishiga yordam bering”, degan mazmunda ko‘p murojaatlar bo‘lyapti. Biz buni Mudofaa vazirligiga yuboryapmiz.

Bunday holatlarda fuqaroning huquqini poymol qilish kerak emas. Harbiy xizmatda ular haqiqiy erkak bo‘lib tarbiyalanishi, xarakteri o‘zgarishi, qolaversa, oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun imtiyozlarga sazovor bo‘lishini inobatga olib, oilada yolg‘iz o‘g‘il farzand bo‘lsa ham ota-onasi rozi bo‘lgan taqdirda ular harbiy xizmatga chaqirilishi mumkin bo‘lishi kutilmoqda
”, deya Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi raisi Qutbiddin Burhonovning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz nashri.

Eslatib o‘tamiz, “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi qonunning 21-moddasiga ko‘ra chaqiriluvchining ota-onasi yoki ulardan biri mehnatga qobiliyatsiz bo‘lib, ularni boqishi shart bo‘lgan mehnatga qobiliyatli voyaga yetgan boshqa o‘g‘li bo‘lmasa yoxud qaramog‘ida o‘n olti yoshga to‘lmagan ikki va undan ortiq farzandi bo‘lgani holda mehnatga qobiliyatli voyaga yetgan boshqa o‘g‘li bo‘lmasa, bunday holatda harbiy xizmatga chaqirilish muddati kechiktiriladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Oiladagi yolg‘iz o‘g‘il farzandlar ham harbiy xizmatga chaqirilishi mumkin