01:11 / 27.08.2021
2 167

MIB: Bank foydasiga 279 mln. so‘m undirildi

MIB: Bank foydasiga 279 mln. so‘m undirildi
Majburiy ijro byurosi Namangan tuman bo‘limi tomonidan olib borilgan ijro harakatlari davomida bank foydasiga 279 mln. so‘m kredit qarzi undirib berildi.

Ma’lum bo‘lishicha, AITB “Ipak yo‘li” Namangan filiali va “Grand elegant comfort” MCHJ o‘rtasida tuzilgan shartnomaga asosan 300 mln so‘m kredit ajratilgan. O‘z o‘rnida jamiyatga kreditni o‘z vaqtida qaytarish majburiyati yuklangan.

Biroq, jamiyat mutasaddilari olingan kreditni qaytarishga majburiyatini unutishadi. Bank fuqarolik ishlari bo‘yicha Namangan tumanlararo sudiga da’vo kiritadi va muddati o‘tgan kredit va foiz bo‘yicha jami 279 mln. so‘m mablag‘ undirish ko‘rsatib o‘tiladi.

Mazkur ijro varaqasi Byuroning tuman bo‘limi ish yurituviga olinib, qarzdorlikni undirish borasida majburiy harakatlari olib borildi ko‘rsatib o‘tilgan qarzdorlik undirib berildi. Amalda ijro hujjati yakunlandi.

Davron Ikramov, MIB Namangan tuman bo‘limi boshlig‘i

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » MIB: Bank foydasiga 279 mln. so‘m undirildi