15:39 / 27.08.2021
9 527

«Xalqlar do‘stligi» oldida aktyorlar janjallashdi

«Xalqlar do‘stligi» oldida aktyorlar janjallashdi
Ijtimoiy tarmoqlarda «Xalqlar do‘stligi» san’at saroyi yonida ommaviy mushtlashuv ro‘y berdi» deb nomlangan videotasvir tarqaldi.

Joriy yilning 26 avgust kuni taxminan soat 16.00 larda Chilonzor tumani «Xalqlar do‘stligi» san’at saroyi oldida xususiy kinokompaniya tomonidan teleserialni tasvirga olish ishlari olib borilayotgan bo‘lgan. Suratga olish jarayonida aktyorlar o‘zaro gap talashib tortishib qolishgan va janjallashib ketishgan.

Og‘zaki janjal natijasida hech kim tan jarohati olmagan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda, natijasi bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinadi, deyiladi IIBB xabarida.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «Xalqlar do‘stligi» oldida aktyorlar janjallashdi