07:30 / 28.08.2021
3 083

Farg‘onadagi hodisa bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Farg‘onadagi hodisa bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Farg‘onada tug‘riq bo‘limida erkak kishi xamshirani sochidan tortib sudraganligi holati yuzasidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi (Bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining matbuot kotibi — axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi ma’lum qildi.

Gumonlanuvchi shaxs protsessual tartibda ushlandi. Jinoyat ishi bo‘yicha Farg‘ona viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tergov ustidan Bosh prokuratura tomonidan nazorat o‘rnatildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Farg‘onadagi hodisa bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi