08:00 / 28.08.2021
2 407

Kovid markaz bosh shifokori javobgarlikka tortildi

Kovid markaz bosh shifokori javobgarlikka tortildi
Foto: «Sxabar.uz»
COVID-19 infeksiyasi bilan og‘rigan bemorlarni davolashga moslashtirilgan tibbiy markazlarning holati joriy yilning avgust oyida Sirdaryo viloyat hokimligi ijtimoiy kotibiyati hamda viloyat sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi mas’ul xodimlari ishtirokida Yangiyer shahar tibbiyot birlashmasining bosh shifokori guvohligida sanitariya-epidemiologik tekshiruv o‘tkazildi.

Bu haqda Sirdaryo viloyati sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasining OAV va jamoatchilik bilan ishlash bo‘limi xabar bermoqda.

Koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlarni davolashga moslashtirilgan Yangiyer shahar tibbiyot birlashmasida COVID-19 pandemiyasi davrida cheklash tartiblari qo‘llanish sharoitida davlat idoralari va boshqa tashkilotlar, shuningdek tadbirkorlik sub’ektlarning faoliyatini tashkil qilish to‘g‘risidagi vaqtinchalik 0372-20 SanQvaM, O‘zbekiston Respublikasi SSVning 2021 yil 30 martdagi COVID-19 infeksiyasini davolashga moslashtirilgan tibbiyot tashkilotlari ichida infeksiyalarning oldini olish bo‘yicha sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativ talablari to‘g‘risidagi 0010-21-sonli SanQvaMlar ijrosini yuzasidan o‘rganilib bir qancha xato va kamchiliklar aniqlandi.

COVID-19 infeksiyasini davolashga moslashtirilgan davolash-profilaktika muassasasida o‘tkazilgan tekshiruv natijalari yuzasidan aniqlangan xato va kamchiliklar bartaraf etilishi bo‘yicha 2021 yilning avgust oyida Sirdaryo viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i nomiga taqdimnomalar kiritildi.

Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan Yangiyer shahar tibbiyot birlashmasining bosh shifokoriga O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 53-moddasi 2-qismiga muvofiq eng kam ish xaqqining 10 barovari miqdorida ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Kovid markaz bosh shifokori javobgarlikka tortildi