10:20 / 28.08.2021
2 853

Qashqadaryoda 17 yoshli qiz otasini o‘ldirgani haqidagi xabarlar yuzasidan ma’lumot berildi

Qashqadaryoda 17 yoshli qiz otasini o‘ldirgani haqidagi xabarlar yuzasidan ma’lumot berildi
Ijtimoiy tarmoqlarda «G‘uzorda 17 yoshli qiz o‘z otasini o‘ldirib qo‘ygani aytilmoqda» nomli xabar tarqaldi. Holat yuzasidan Qashqadaryo viloyati prokuraturasi ma’lumot berdi.

Ma’lum qilinishicha, 2021 yilning 18 avgust kuni soat 07:00 larda G‘uzor tumani, Pastqovchin qishlog‘ida yashovchi marhum X.Sh. yashash uyi darvozaxonasida vafot etgan holda topilgan.

Aniqlanishicha, marhum X.Sh. spirtli ichimlikka ruju qo‘yib, voyaga yetmagan qizi Q.O.ning oshxonada ishlab topgan pulini olib, spirtli ichimlik iste’mol qilib kelgan, shuning oqibatida ota va qiz o‘rtasida yuzaga kelgan janjal tufayli Q.O. o‘zini himoya qilish maqsadida otasining bosh qismiga yog‘och bo‘lagi bilan bir necha marotaba urib, tan jarohati yetkazgan, X.Sh. qizini haqorat qilishda davom etavergach, Q.O. otasini mast holda uydan chiqib ketmasligi uchun uning qo‘l-oyog‘ini sim bilan bog‘lab, yashash uyidan chiqib ketgan.

So‘ngra shu kuni soat 19:30 larda uyiga qaytib kelib, otasining qo‘l-oyog‘ini yechib, shu joyning o‘ziga ko‘rpa-to‘shak va yostiq tayyorlab uni yotqizib, uyda qolishdan qo‘rqqanligi sababli dugonasi R.D.ning uyida tunab qolgan.

Ertasi kuni soat 05:00 larda uyiga kelganida otasining vafot etganligini ko‘rib, qo‘shnilariga xabar bergan.

Holat yuzasidan G‘uzor tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 102-moddasi (ehtiyotsizlik orqasida odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qashqadaryoda 17 yoshli qiz otasini o‘ldirgani haqidagi xabarlar yuzasidan ma’lumot berildi