09:20 / 30.08.2021
2 107

Toshkentdagi do‘konlarning birida kissavurlik qilgan erkak qo‘lga olindi

Toshkentdagi do‘konlarning birida kissavurlik qilgan erkak qo‘lga olindi
Toshkentning Chilonzor tumanidagi do‘konlarning birida erkak ayolning sumkasidan hamyonni o‘g‘irlagani aks etgan video tarqalgandi. Poytaxt IIBB ushbu shaxs qo‘lga olinganini ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, holat 19 avgust kuni Chilonzor tumani 18-kvartalida joylashgan do‘konlardan birida yuz bergan. Ayolning sumkasi ichida 500 ming so‘m pul va Uzcard hamda Visa plastik kartalari bo‘lgan 160 ming so‘mlik hamyon o‘g‘irlangan. Holat kuzatuv kamerasiga tushirilgan.

Tez orada gumonlanuvchi 38 yoshli F.A. ekanligi aniqlangan va u 21 avgust kuni qo‘lga olingan.

Chilonzor tumani IIO FMB xodimlari tomonidan unga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi «a» bandi (jabrlanuvchining kiyimi, sumkasi yoki boshqa qo‘l yukidagi ashyoga nisbatan kissavurlik) bo‘yicha ayblov taqdim etilib, dastlabki tergov davomida to‘plangan hujjatlar Chilonzor tumani jinoyat ishlari bo‘yicha sudga yo‘naltirildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentdagi do‘konlarning birida kissavurlik qilgan erkak qo‘lga olindi