13:50 / 30.08.2021
2 826

To‘rt nafar yurtdoshimiz «O‘zbekiston Qahramoni» unvoni bilan taqdirlandi

To‘rt nafar yurtdoshimiz «O‘zbekiston Qahramoni» unvoni bilan taqdirlandi
Ayni vaqtda Ko‘ksaroyda O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan bir guruh yurtdoshlarimizni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tmoqda.

Prezident Shavkat Mirziyoyev tadbir davomida Muhammad Ahmedov, Shavkat Ayupov, Ibrohim G‘afurov va Munojot Yo‘lchiyevani «O‘zbekiston Qahramoni» unvoni bilan taqdirladi.

Bugungi quvonchli kunda «O‘zbekiston Qahramoni» unvoni bilan taqdirlangan yurtdoshlarimizni chin ko‘ngildan qutlaymiz. Qishloq xo‘jaligida ulkan yutuqlarga erishgan ilg‘or fermer, seleksioner olim Muhammad Ahmedovni, jahon miqyosida tan olingan yirik matematik olim, akademik Shavkat Ayupovni, o‘zbek adabiyotining zabardast namoyandasi, atoqli adabiyotshunos, tarjimon va publitsist Ibrohim G‘afurovni, noyob ovozi, betakror ijro mahorati, o‘zbek ayoliga xos go‘zal fazilatlari bilan dunyoni maftun etib kelayotgan sevimli san’atkorimiz Munojot Yo‘lchiyevani tabriklaymiz, — dedi davlat rahbari.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » To‘rt nafar yurtdoshimiz «O‘zbekiston Qahramoni» unvoni bilan taqdirlandi