14:14 / 30.08.2021
3 510

O‘zbekiston mustaqilligining 30 yilligiga bag‘ishlangan stella

O‘zbekiston mustaqilligining 30 yilligiga bag‘ishlangan stella
Foto: Telegram / «Nasimov. Stolik c vidom na planet»
Internetda O‘zbekiston mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan Toshkent viloyatining Qibray tumanida barpo etilayotgan bog‘ hududida qad rostlagan stellaning surati tarqaldi.

«Ushbu inshootning arxitekturasi va dizayni borasidagi nozik jihatlarini muhokama qilishni istamayman, mazkur holatda menimcha, eng muhimi xalqning gapiga kirib, uni ‘SUM’dagi alleyaga emas, shahardan tashqariga qurilganidan», — deb yozadi Telegram’dagi TashkentLand kanali.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston mustaqilligining 30 yilligiga bag‘ishlab «Istiqlol» majmuasini qurish va unda «mustaqillikning mohiyati va ulkan tarixiy ahamiyatini aks ettiruvchi monumental kompozitsiya»ni yaratish Prezidentning 2020 yil 17 dekabrdagi farmonida ko‘zda tutilgan edi. Majmuani barpo etish joyi sifatida Sharof Rashidov, Islom Karimov va Afrosiyob ko‘chalari oralig‘ida, Markaziy univermag (SUM) qarshisidagi hudud tanlangandi.

Keyinroq poytaxt hokimiyati «Istiqlol» majmuasi qurilishi rejalashtirilayotgan joyni o‘z ichiga olgan «Moviy gumbazlar» xiyoboni maketini taqdim etdi. Maketda bog‘ hozirgi holatda tasvirlangan bo‘lib, faqatgina stella o‘rnatilishi ko‘zda tutilgan.

Jahongir Ortiqxo‘jayev «Istiqlol» majmuasini barpo etish masalasi yuzasidan aholi bilan uchrashgani va bog‘dagi bir dona daraxt kesilsa, o‘sha kuniyoq lavozimidan ketishga tayyorligini ma’lum qilgan edi. Shuningdek, poytaxt rahbari Toshkent shahar hokimligiga ishonchsizlik bildirayotganlarga javob qaytargandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekiston mustaqilligining 30 yilligiga bag‘ishlangan stella