14:45 / 30.08.2021
2 463

13 nafar voyaga yetmagan bolaga noqonuniy diniy ta’lim berib kelgan ona-bola aniqlandi

13 nafar voyaga yetmagan bolaga noqonuniy diniy ta’lim berib kelgan ona-bola aniqlandi
Foto: Kitob tumani hokimligi axborot xizmati
Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida voyaga yetmagan bolaga noqonuniy diniy ta’lim berish bilan shug‘ullanib kelgan ona-bola aniqlandi. Bu haqda tuman hokimligi axborot xizmatiga tayanib, NasafNews xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, «Denov» mahallasida yashovchi fuqaro F.K. o‘zining yashash uyida Qarshi shahrida istiqomat qiluvchi ikki nafar voyaga yetmagan bolaga hamda uning 19 yoshli qizi M.S. maktab yoshidagi 11 nafar o‘quvchi qizlarga yashash va o‘qishi uchun belgilangan talablarga javob bermaydigan joyda, hujra sharoitida diniy ta’lim berib kelgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, o‘rganishlar davomida fuqaro F.K. va uning qizi M.S. hech qanday rasmiy diniy ma’lumotga ega emas.

Hozirda huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan voyaga yetmagan o‘quvchilarga ruhiy yoki jismoniy tazyiq o‘tkazilgani yoki o‘tkazilmagani, taqiqlangan g‘oyalarni sindirilgan yoki sindirilmaganlik holatlari tekshirilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 13 nafar voyaga yetmagan bolaga noqonuniy diniy ta’lim berib kelgan ona-bola aniqlandi