18:14 / 31.08.2021
3 592

«Tolibon» o‘zbek tilida ta’limni taqiqlagani bo‘yicha xabarga TIV munosabat bildirdi

«Tolibon» o‘zbek tilida ta’limni taqiqlagani bo‘yicha xabarga TIV munosabat bildirdi
Shu kunlarda «tahlilchi» Anvar Nazir ijtimoiy tarmoqlarda «Tolibon» Harakati go‘yoki Afg‘oniston hududida maktab dasturidan o‘zbek tilini olib tashlagani haqidagi yangilikni joylashtirdi, deyiladi O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakilining axborotida.

«Bundan kelib chiqqan holda, ushbu shaxs Afg‘onistonda Amir Temur, Shayboniyxon, Boborahim Mashrab, Mahmud G‘aznaviy, Abu Rayhon Beruniy merosining o‘rganilishi hamda navoiyshunoslikning ham ta’qiqlangani haqida xulosa qiladi.

Shuni ma’lum qilamanki, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi vakilining «Tolibon» Harakati rasmiy rahbariyati bilan bo‘lib o‘tgan suhbati chog‘ida ushbu axborotning haqiqatga zidligi ta’kidlandi.

«Tolibon» vakili o‘zbek tili, pushtu va dari tillari bilan bir qatorda, bundan buyon ham Afg‘onistonning rasmiy tillaridan biri bo‘lib qolishini tasdiqladi. O‘zbek tilini o‘rganish va rivojlantirishga, toliblar rasmiy vakilining ma’lumotiga ko‘ra, mamlakat yangi rahbariyati alohida e’tibor qaratadi
», deyiladi munosabatda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «Tolibon» o‘zbek tilida ta’limni taqiqlagani bo‘yicha xabarga TIV munosabat bildirdi