18:17 / 31.08.2021
6 195

Prezident sirni ochdi: «Yangi poytaxt» quriladi

Prezident sirni ochdi: «Yangi poytaxt» quriladi
Toshkent shahrida qurilishlar kamaytirilib, poytaxt yashil hududga aylantiriladi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev 31 avgust, seshanba kuni «Yangi O‘zbekiston» bog‘i va Mustaqillik monumentining tantanali ochilish marosimida gapirdi, deya xabar bermoqda «Daryo».

«Sekin-sekin Toshkentdan Toshkent viloyatiga qarab ketyapmiz. Bahavo joylarga qarab ketyapmiz. Sizlarga anchadan beri o‘ylab yurgan bir sirni ochmoqchiman: biz asta-sekin «Yangi Toshkent»ni quramiz. Lekin yangi bahavo joyda bo‘ladi. Bu tomonga qarab, mana shu odamlarimizni o‘rgatib, katta loyiha ustida anchadan beri ishlayapmiz. Buni 2-3 oylarda xalqimizga ko‘rsatamiz.

Ko‘plaringiz o‘ylashlaringiz mumkin, nima uchun bu Toshkentdan uzoq joyda deb? Toshkentda endi qurilish qilmaymiz, Toshkentni yashil hududga, odamlar dam oladigan joyga aylantiramiz.

Oxirgi 4-5 yil ichida Toshkentda juda katta qurilishlar qildik, endi qurilishlar Toshkent viloyatiga o‘tkaziladi. Bo‘stonliq tumani bilan kelajakda mana shu uyg‘unlikda, iloji boricha hamma yangi qurilishlarimizni Toshkent viloyatida xalqimiz bilan bamaslahat qilamiz, har bir g‘ishtni xalqimiz bilan bamaslahat qo‘yamiz. Mana shuni hamma bilishi kerak
», — dedi Shavkat Mirziyoyev.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Prezident sirni ochdi: «Yangi poytaxt» quriladi