20:17 / 31.08.2021
2 033

Shavkat Mirziyoyev: Buyuk tarixiy jarayonlarda ishtirok etish nasib qilganidan baxtiyorman

Shavkat Mirziyoyev: Buyuk tarixiy jarayonlarda ishtirok etish nasib qilganidan baxtiyorman
Avval xabar berganimizdek, «Yangi O‘zbekiston» bog‘ida davlatimiz mustaqilligining 30 yilligiga bag‘ishlangan bayram tantanasi bo‘lib o‘tmoqda.

Tantanali tadbirda Prezident Shavkat Mirziyoyev butun xalqimizga Vatanimiz istiqlolining shonli sanasi – davlatimiz mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan tabrik yo‘llamoqda.

Bugungi qutlug‘ ayyomda barchamiz, butun xalqimiz O‘zbekiston mustaqilligini e’lon qilib, tariximizning eng murakkab va og‘ir davrlarida davlatimizni boshqargan Birinchi Prezidentimiz muhtaram Islom Abdug‘aniyevich Karimov nomini, u kishining bevosita rahbarligida, xalqimizning matonati va jasorati bilan amalga oshirilgan ulkan ishlarni esga olishimiz tabiiydir.

Istiqlol yillarida yurtimizda yangi davlat va jamiyat qurish yo‘lida muhim ishlar bajarildi. Qisqa muddatda mamlakatimiz Konstitutsiyasi ishlab chiqildi.

Zamonaviy davlatchilik asoslari, qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatlari shakllandi.

Mamlakatimiz mustaqilligi va suverenitetini, sarhadlarimiz daxlsizligini, xalqimizning tinch va osoyishta hayotini ishonchli himoya qilishga qodir bo‘lgan Qurolli Kuchlar barpo etildi.

Milliy valyutamiz – so‘m joriy qilindi, oltin-valyuta zaxiralarimiz shakllantirildi.
Qadimiy tariximiz, boy madaniy merosimiz, milliy-diniy qadriyatlarimiz, o‘zligimiz tiklandi.

Muxtasar aytganda, ko‘pni ko‘rgan xalqimiz o‘zining mustahkam irodasi va matonati, beqiyos salohiyatini namoyon etib, tarixan qisqa fursat ichida ulkan taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tdi. Vatanimiz jahon hamjamiyatidan munosib o‘rin egalladi.

Mana shunday buyuk tarixiy jarayonlarda faol ishtirok etish nasib qilganidan ko‘pchilik vatandoshlarim qatori men ham baxtiyorman
, – dedi davlatimiz rahbari.

Tantanali bayram tadbiri davom etmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shavkat Mirziyoyev: Buyuk tarixiy jarayonlarda ishtirok etish nasib qilganidan baxtiyorman