08:30 / 01.09.2021
2 465

Dahshatli kasallik: kompyuterda ishlashning xavfsiz muddati

Dahshatli kasallik: kompyuterda ishlashning xavfsiz muddati
Foto: «Drive2.ru»
Narkologiyaga oid kasalliklarning turi ko‘paymoqda. Bu bevosita texnikaning rivojlanishi bilan bog‘liq. Ulardan biri Kompyuteromaniya. O‘smirlarning aksariyati bu kasallikka chalinmoqda.

«Kompyuterga qaramlik» tushunchasi yigirmanchi asrning 90-yillarida paydo bo‘ldi. To‘g‘ri kompyuterning aqlga sig‘mas darajada foydasi katta. Uning afzalliklari haqida soatlab gapirish mumkin. Lekin... Ha, uning ana shunday lekinlari ham bor.

Kompyuterga qaramlik quyidagi belgilarda o‘zini namoyon qiladi:
- kompyuterda ishlaganda kayfiyatning sezilarli yaxshilanishi;
- bo‘sh vaqt topilishi bilan yoki barcha ishdan voz kechib o‘yinlarga sho‘ng‘ib ketish;
- bemordan kompyuter olib qo‘yilganda darhol asabiylashadi, tajovuzkor ko‘rinishga kiradi;
- faqatgina shu mavzularda suhbatlashish;
- yaqinlari va do‘stlari davrasiga qo‘shilmaslik.

Bunday insonlarga hech kim kompyuter kabi zavq berib, kayfiyatini ko‘tara olmaydi. U faqatgina virtual olamda yashaydi.

Kompyuterga qaramlikdan aziyat chekayotgan bemorda yuz beradigan o‘zgarishlar:
- ko‘rish darajasining pasayishi;
- immunitetning tushishi;
- bosh og‘rig‘i;
- charchoq;
- uyqusizlik;
- bilakdagi og‘riq.

Bola qaram bo‘lib qolmasligi uchun:
1. Uni erta yoshidan mashg‘ulotlarga borishini ta’minlang. Masalan, sport, musiqa, rassomchilik.
2. Bolalarni yoshligidan mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga undang.
3. Stressli vaziyatlarni yengishni va vaqtida dam olishni o‘rgating.

Kompyuterdan foydalanishning aniq qoidalarini belgilang. Buning uchun biz sizga mutaxassislar necha yoshdagi bola kompyuter qarshisida qancha vaqt o‘tirishi mumkinligi haqidagi ma’lumotni taqdim etamiz.

5-6 yosh — kuniga 7-10 daqiqa;
7-11 yosh — kuniga 30 minut;
12-13 yosh — kuniga 1 soat;
14-17 yosh — maksimal 1,5 soat.

Bularning barchasi bolangizni kompyuterga qaramlik kabi «jim», ammo dahshatli kasallikdan himoya qiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Dahshatli kasallik: kompyuterda ishlashning xavfsiz muddati