20:28 / 01.09.2021
5 170

Prezidentning yangi qarori qabul qilindi

Prezidentning yangi qarori qabul qilindi
«Oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalari o‘rtasida ta’lim jarayoni hamda tarmoq tashkilotlari bilan ishlab chiqarish amaliyoti uzviyligini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, 2021/2022 o‘quv yilidan:
- oliy ta’lim muassasalari huzurida 24 ta texnikum tashkil etiladi;
- turdosh OTM hamda asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha tarmoq tashkilotlariga 213 ta texnikum biriktiriladi;
- Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Jizzax xizmat ko‘rsatish va servis texnikumi tugatilib, uning barcha mol-mulki TATU huzuridagi Jizzax axborot texnologiyalari texnikumiga o‘tkaziladi;
- texnikumlar va akademik litseylarda malaka talablari, o‘quv reja va dasturlar, o‘quv-me’yoriy hujjatlar tayanch OTM tomonidan ishlab chiqiladi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlanadi;
- OTMlar o‘zlariga biriktirilgan texnikumlarni o‘quv-metodik hujjatlar bilan ta’minlaydi.

Shuningdek, qarorga muvofiq 2022/2023 o‘quv yilidan quyidagilarni amalga oshirish nazarda tutilgan:
- texnikumlarga qabul parametrlarini shakllantirishda qurilish, transport, qishloq xo‘jaligi, yengil sanoat, xizmat ko‘rsatish va axborot texnologiyalari kabi sohalarda o‘rta bo‘g‘in kadrlarini tayyorlashning davlat buyurtmasini bosqichma-bosqich ko‘paytirish;
- OTMga o‘qishga kirmagan maktablarning 11-sinf bitiruvchilarini texnikumlar va kollejlarda birinchi kasb yoki mutaxassisliklar bo‘yicha bepul o‘qitish.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Prezidentning yangi qarori qabul qilindi