16:40 / 02.09.2021
2 007

Qashqadaryoda multiradarlar bilan jihozlangan patrul avtomobillari harakatlanishni boshladi

Qashqadaryoda multiradarlar bilan jihozlangan patrul avtomobillari harakatlanishni boshladi
Foto: IIV YHXBB axborot xizmati
Qashqadaryo viloyati hududidan o‘tgan avtomobil yo‘llarida multiradarlar bilan jihozlangan patrul avtomobillari harakatlanishni boshladi, deb xabar beradi IIV YHXBB axborot xizmati.

Ma’lum qilinishicha, bu kabi patrul avtomobillari tezlik sabab yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan yo‘l-transport hodisalarining oldini olish, tezyurar haydovchilarni tartibga chaqirish maqsadida joriy etilgan.

Multiradar qurilmalari bilan jihozlangan avtomobillar ushbu viloyat hududi bo‘ylab transport vositalari tezligini qayd etib boradi va qoidabuzarlarga nisbatan onlayn tarzda jarima belgilanadi.

Eslatib o‘tamiz, 2020 yilning fevralida Farg‘onada ham maxsus radarlar bilan jihozlangan patrul avtomobillari harakatlanishni boshlagandi. O‘shanda viloyatga multiradar qurilmasi bilan jihozlangan 5 ta Nexia-3 avtomobili topshirilgan edi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur turdagi ko‘chma radarlar tomonidan 2019 yil oxiriga qadar 150 192 ta qoidabuzarlik holati qayd etilgan. Shu asosda 59 milliard 61 million so‘m jarima belgilangan. Belgilangan jarimalarning 41 milliard 60 million so‘mi undirilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qashqadaryoda multiradarlar bilan jihozlangan patrul avtomobillari harakatlanishni boshladi