20:26 / 02.09.2021
9 237

Jirinovskiyning shovinistik va haqorat ruhidagi da’volari haqida — Kusherbayev

Jirinovskiyning shovinistik va haqorat ruhidagi da’volari haqida — Kusherbayev
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputat Rasul Kusherbayev Rossiyadagi LDPR rahbari V.Jirinovskiyning da’volari haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

"Rossiyadagi LDPR rahbari V.Jirinovskiy Tolibon bahonasida Markaziy Osiyo, jumladan, O‘zbekiston Rossiya tarkibiga guberniya sifatida kiritilishi kerak, degan da’vo bilan chiqibdi.

Shu joyiga bitta qo‘pol gap keldi-ku... mayli.

Ushbu shaxsning shovinistik va haqorat ruhidagi da’volari afsuski birinchi marta emas. Menimcha hali bunday gaplarni yana ko‘p eshitamiz. Lekin it hurar karvon o‘tar, degan gap bor.

Bir narsa aniq: Markaziy Osiyoda joylashgan O‘zbekistonga nisbatan turli tahdidlar ko‘p bo‘lgan va barchasi o‘z vaqtida bartaraf etilgan.

O‘zbekiston Qurolli kuchlari professional darajada va ayni vaqtda har qanday tahdidni bartaraf eta olish imkoniyatiga ega. Bu masalada davlat rahbari Sh. Mirziyoyev ham bir necha bor O‘zbekiston xalqiga murojaat qilib ta’kidlab o‘tdi.

Shu bois, Rossiyadagi LDPR rahbari, siyosatchi V.Jirinovskiyning bildirayotgan fikrlari davlatlararo ikki tomonlama teng munosabatlardan yiroq, noxolis va haqoratlidir. Biz siyosatchilarning boshqa xalq va mamlakatlarga nisbatan munosabatlari tenglik, hurmat va xolislikka asoslanishi, kerak, deb hisoblaymiz.

Hech kimga butun bir xalq va mamlakatni kamsitishga huquq berilmagan.

O‘zbekiston o‘zining rivojlanish yo‘liga ega mustaqil, suveren mamlakat. Va shunday bo‘lib qoladi" deb yozadi deputat.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Jirinovskiyning shovinistik va haqorat ruhidagi da’volari haqida — Kusherbayev