15:27 / 03.09.2021
3 906

Test natijalarini qanday bilsa bo‘ladi?

Test natijalarini qanday bilsa bo‘ladi?
2021-2021 o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari bo‘yicha tanlov natijalari bugun, 3 sentabr kuni e’lon qilindi.

OTMlarning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari bo‘yicha tanlov natijalarini 6 xil usulda bilish mumkin.

my.dtm.uz sayti orqali:
my.dtm.uz saytiga abituriyentning pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.

mandat.dtm.uz sayti orqali:
mandat.dtm.uz saytining «Bakalavr-2021» (https://mandat.dtm.uz/Home/Index) bo‘limidan abituriyentning ID raqamini kiritgan holda.

Davlat test markazining quyidagi telegram botlari orqali (abituriyentning ID raqamini yuborgan holda):
? @mandat2021bot
? @mandat_2021_1_bot
? @mandat2021_2_bot
? @mandat2021_3_bot
? @mandat2021_4_bot

SMS xabarnoma xizmati orqali:
5100 raqamiga abituriyentning ID raqami yuborilganda, mazkur telefon raqamiga tanlov natijalari bo‘yicha SMS xabarnoma yuboriladi (xizmat haqi mavjud).

QR-kod orqali:
Abituriyent ruxsatnomasining quyi qismidagi QR-kod (natijani ko‘rish uchun havola) ni skaner qilgan holda.

Test natijalari qaydnomasi orqali:
Shuningdek, test natijalari qaydnomasi oliy ta’lim muassasalariga taqdim etiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Test natijalarini qanday bilsa bo‘ladi?