16:33 / 04.09.2021
3 661

«Kaptivasi bor zo‘ravon»ning ko‘ziga suyuqlik sepib «tinchlantirdi» (video)

«Kaptivasi bor zo‘ravon»ning ko‘ziga suyuqlik sepib «tinchlantirdi» (video)
Videodan kadrlar
Ijtimoiy tarmoqlarda Namangan viloyati Yangi Namangan tumanida Spark haydovchisi o‘ziga qo‘pollik qilgan Captiva haydovchisining ko‘ziga suyuqlik sepib yuborgani aks etgan video tarqaldi.

Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi holat yuzasidan ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, 1987 yilda tug‘ilgan fuqaro T.M. 31 avgust kuni soat 09:30 lar atrofida «Kelajak tonggi» mahallasida Sparkda harakatlanib ketayotgan vaqtida uning orqasidan kelayotgan Captiva haydovchisi D.Y. yo‘l berishini so‘rab, signal chalgan. So‘ng Sparkni quvib o‘tib, avtomashina harakatlanishiga qarshilik qilgan.

Qayd etilishicha, D.Y. mashinasida svetoforning qizil chirog‘idan o‘tib, ortiga qaytgan va Spark eshigini ochib, fuqaro T.M.ga haqoratli so‘zlar bilan hamla qilgan. T.M. yovvoyi hayvonlardan himoya qilish maqsadida ishlatiladigan suyuqlikdan D.Y.ning ko‘z qismiga sepgan. Shundan so‘ng fuqaro D.Y. voqea joyidan ketgan.

Ta’kidlanishicha, dastlabki surishtiruv natijasida D.Y. 31 avgust kuni o‘zining shaxsiy ishlari bilan Do‘stlik chegara posti orqali Qirg‘izistonga chiqib ketgani aniqlangan. Hozirda uning yashash manziliga olib kelish choralari ko‘rilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «Kaptivasi bor zo‘ravon»ning ko‘ziga suyuqlik sepib «tinchlantirdi» (video)