18:00 / 05.09.2021
9 196

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi yana bir muhim e’lonini ma’lum qildi

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi yana bir muhim e’lonini ma’lum qildi
Mazkur e’lon kasb-hunar maktablarining 1—2-bosqich hamda texnikum, kollej va akademik litseylarning 2-bosqich o‘quvchilariga taalluqli.

"Kasb-hunar maktablarining 1—2-bosqich hamda texnikum, kollej va akademik litseylarning 2-bosqich o‘quvchilari diqqatiga!

Professional ta’lim muassasalari va akademik litseylarda 2021/2022-o‘quv yili 6 sentabrdan boshlab an’anaviy ta’lim shaklida boshlanadi.

Ta’lim muassasalarida yangi o‘quv yilining ilk dars mashg‘ulotlari — «Mustaqillik darslari» belgilangan metodik tavsiyalarga muvofiq «Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik» shiori ostida tashkil etiladi.

Eslatma o‘rnida, kollej va texnikumlarga 2021/2022-o‘quv yili uchun onlayn hujjat topshirish 10 sentabrga qadar davom etadi" deyiladi e’londa.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi yana bir muhim e’lonini ma’lum qildi