21:51 / 06.09.2021
2 421

Yangi metro poyezdlari ishga tushirildi

Yangi metro poyezdlari ishga tushirildi
Bugun, 6 sentabr kuni Toshkent metropolitenida, o‘tgan haftada keltirilgan va taqdim etilgan yangi metro poyezdlari poytaxt ahli va mehmonlariga xizmat qilishni boshladi. Bu haqda «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ xabar berdi.

Qayd etilishicha, yangi poyezdlarining sozlash ishlari yakunlangach, eng ko‘p yo‘lovchilar oqimiga ega bo‘lgan Chilonzor yo‘nalishiga uchta harakat tarkib o‘z ishini boshlagan.

Qolgan yana ikkita metro poyezdi yaqin orada ushbu yo‘nalishda aholi xizmatida harakatlanadi.

Eslatib o‘tamiz, endi Chilonzor yo‘nalishida ertalabki tig‘iz vaqtda (soat 07:30 dan 9:00 gacha) poyezdlar orasidagi interval 3 daqiqani va kechki tig‘iz vaqtda (16:30 dan 19:30 gacha) 4 daqiqani tashkil etilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Yangi metro poyezdlari ishga tushirildi