18:52 / 07.09.2021
3 660

Super kontrakt narxlari qachon e’lon qilinishi ma’lum bo‘ldi

Super kontrakt narxlari qachon e’lon qilinishi ma’lum bo‘ldi
Super kontrakt narxlari shu hafta oxirida e’lon qilinadi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bosh boshqarma boshlig‘i Abduvali Xoliqov ma’lum qildi.

O‘qishga kirolmagan abituriyentlar Super kontrakt narxlarini bilish uchun ayni vaqtda oliy ta’lim muassasasiga borishlari shart emas.

Chunki birinchi navbatda talabalikka tavsiya etilganlar, keyin o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha o‘tish balli va undan yuqorisini olgan toifadagi talabalar bilan ishlanadi.

O‘qishini ko‘chirgan talabalar masalasi to‘liq yakunlangandan keyin tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt (Super kontrakt) asosida o‘qimoqchi bo‘lganlar o‘zlari hujjat topshirgan oliy ta’lim muassasalariga murojaat qilishlari mumkin.

O‘qishni ko‘chirishda yetarli ball to‘play olmaganlar toifasi bilan ishlash esa 15-sentabrdan keyin boshlanadi, deya ma’lum qildi Abduvali Xoliqov.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Super kontrakt narxlari qachon e’lon qilinishi ma’lum bo‘ldi