12:45 / 08.09.2021
1 600

Termizda Cobalt urib ketishi oqibatida Matiz ag‘darilib ketdi

Termizda Cobalt urib ketishi oqibatida Matiz ag‘darilib ketdi
Foto: Surxondaryo viloyati IIB YHXB
Surxondaryo viloyatining Termiz shahrida Cobalt urib ketishi oqibatida Matiz ag‘darilib ketdi. Bu haqda viloyat IIB YHXB matbuot xizmati xabar berdi.

Voqea 7 sentabr kuni Termiz shahri Alisher Navoiy va Denov ko‘chalari kesishgan aylanma harakatda yuz bergan. Cobalt aylanma harakat orqali yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanib o‘tayotgan Matiz’ning orqa o‘ng tomonidan turtib ketishi natijasida ushbu yo‘l transport hodisasi sodir bo‘lgan.

YTH oqibatida ikkala avtomashinada bo‘lgan haydovchilar hech qanday tan jarohati olmagan. Hozirda holat yuzasidan Termiz shahar IIB YHXB DYHXX tomonidan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 134-moddasiga (haydovchilarning yo‘l harakati qoidalarini buzishi transport vositalarining yoki boshqa mol-mulkning shikastlanishiga olib kelishi) binoan holatga oid materiallar to‘planib, surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Termizda Cobalt urib ketishi oqibatida Matiz ag‘darilib ketdi